Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Diter Xekking: «Agar «Real»ni yengsak, bu katta shov-shuvli voqea bo‘ladi»
«Volfsburg» jamoasi bosh murabbiyi Diter Xekking YeChLning chorak finalida «Real»ga qarshi kechadigan bahs oldidan fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Biz o‘yinga tayyor holatdamiz. Biz bu turnirda yana bir bor o‘zimizni yaxshi tomondan ko‘rsatish imkoniga egamiz. Hech kim bizning bu bosqichgacha yetib kelishimizni kutmagandi. Shuningdek, bizning shu yerda to‘xtashimiz ham hali fakt emas. Biz shunday katta o‘yinda g‘alaba qozona olishimizga ishonamiz. Agar «Real»ni yengsak, bu katta shov-shuvli voqea bo‘lardi. Biz bu ishni uddalashga tayyormiz.
Qur'a bizni hayratga soldi. Jamoa tarixida shu kabi muhim o‘yinlar ko‘p bo‘lgan. Lekin bu safargisi o‘ziga ko‘proq diqqat jalb etadi. Biz hammamiz bu o‘yinni kutmoqdamiz va YeChLda uzoqroqqa bora olishimizni ko‘rsatib qo‘yish niyatidamiz.
«Real»ning tarkibida kuchli futbolchilar yig‘ilgan. Bu jamoa turnir g‘olibligi uchun asosiy da'vogar sanaladi. Biz bu jamoaga muammo tug‘dirishga harakat qilamiz, mening jamoam bunga qodir. Ish faqat Ronalduni zararsizlantirish bilan bitmaydi.
Hozircha bu o‘yinga Naldoning tushishi bo‘yicha aniq gap ayta olmayman. Uning o‘zi o‘ynashni istamoqda, bu bo‘yicha hali qaror qabul qilmadim», — deydi Xekking.
«Volfsburg» va «Real» uchrashuvi bugun, Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi.