Dunyodagi 5ta asosiy "ofshor poytaxtlar"
Birinchi ofshorni 1950 yillarning oxirlarida AQShda o‘ylab topishgan - gap hukumat yurisdiksiyasidan tashqarida ro‘yxatdan o‘tib, soliq nazoratini chetlab o‘tgan moliyaviy tashkilot haqida ketardi.
Bugungi kunga kelib sayyoramizda ofshorlar ancha ko‘p. Ular doimiy mijozlariga ega va pereferik joylashuvga qaramasdan jahon kapitalining o‘ziga xos poytaxtiga aylanib ulgurgan.
Panama
Panama 1903 yilda Ispan-Amerika urushi natijasida AQSh Janubiy va Shimoliy Amerikadagi yerlardan umrbod foydalanish huquqini qo‘lga kiritganidan so‘ng moliyaviy markazga aylandi. Panamani o‘ziga xos soliq qonunchiligiga ega mustaqil davlat deb e'lon qilishdi. Bu butun dunyodan kapitallarni jalb qilishga yordam berdi. Panama ofshori yuz yildan ortiq ishlaydi - bugungi kunda erkin iqtisodiy mintaqa dunyoda Hongkongdan keyin ikkinchi o‘rinni egallaydi.
Sent-Kits va Nevis
Sent-Kits va Nevis - Karib dengizining sharqiy qismida joylashgan mitti mamlakat. U ikki oroldan iborat - Kichik Antil orollariga kiruvchi Sent-Kits va Nevis orollari. Sent-Kits va Nevis ofshori - kemachilikka investitsiya uchun eng yaxshi joy. Yaxtalar boshqa dengiz transport turlari kabi harakatdagi mulk hisoblanadi va albatta qayd qilinadi. Orollarda qayd etilgan kemalar soni allaqachon mingtadan ortib ketdi. Bu yerda dunyoning eng hashamatli yaxtalarini ko‘rish mumkin.
Virjin orollari
Tropik ofshor-mamlakat Karib havzasidagi 36 oroldan iborat. 36 oroldan 16tasidagina aholi yashaydi. Britaniya Virjin orollarini Kolumb kashf qilgan, ammo Ispaniya ularni o‘z mulki deb e'lon qildi-yu hududni o‘zlashtirmadi. Shu tariqa, Britaniya bu yerda xo‘jayinchilik qila boshladi. Virjin orollari Britaniya imperiyasining koloniyasi sifatida uning huquqiy tizimini o‘zlashtirgan, xorijiy investitsiyalarni jalb etish loyihasini ishlab chiqib, iqtisodiyotini ko‘tarib olgan. Ularning loyihalari shu qadar omadli bo‘ldiki, bugungi kunda butun dunyoning soliqdan ozod etish ehtiyojining deyarli yarmini Virjin orollari ofshorlari qondiradi.
Seyshel orollari
Seyshel orollari - hududiy soliq tizimi bosh yutug‘i bo‘lgan ofshor. Bu jannatda faqat oroldagi biznes natijasida qo‘lga kiritilgan daromad hisoblanadi. Tropik jannatdan tashqarida olingan daromadlar soliqlardan ozod qilinadi. Seyshel orollari ofshori faqat qayd qilishga yig‘iladigan pulni to‘lasalar bo‘ldi.
Hongkong
Sobiq Ittifoq vakillari soliq rejasini xalqaro miqyosda amalga oshirishda Hongkongdagi ofshordan faol foydalanadi. Hongkong xalqaro bozorda ishonchlidir, chunki u soliq axborotini almashish bo‘yicha barcha talablarni bajaradi. Firmalarning Hongkongda qayd etilishi ko‘p chegaralanmaydi va byurokratik tus olmaydi. Ma'lumot konfidetsial va qayd etgan agentgagina ayon.