10:20 / 06.04.2016
2009

Endi Toshkentdan Nyu-Yorkka haftasiga ikki marta uchish mumkin

“O‘zbekiston Havo Yo‘llari” milliy aviakompaniyasi Toshkent-Riga-Nyu-York-Riga-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ikkinchi chastotani yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda kompaniya saytida ma'lum qilindi.

Aprel oyidan boshlab bu yo‘nalishda samolyotlar payshanba va yakshanba kunlari uchadi.
Aviabiletlar narxi 4,99 million so‘mdan boshlanadi.

Top