18:22 / 06.04.2016
1504

Falastin Isroil bilan hamkorlik qilishga tayyor

Falastin hukumati prezidenti Mahmud Abbos Isroil bilan tinchlik muzokaralarini olib borishga tayyor ekanini bildirdi.

Jerusalem Post gazetasi xabariga ko‘ra, prezident bu niyati haqida Ramallada - Iordan daryosining g‘arbiy qirg‘og‘idagi o‘zining Mukataa qarorgohida ruminiyalik jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida e'lon qilgan, deb xabar beradi TASS.

Manbada keltirilishicha, Mahmud Abbos “ikki xalqqa ikki davlat tamoyilini amalga oshirishga erishish borasida ish olib borayotgani” to‘g‘risida ma'lum qilgan.

Falastin prezidenti, shuningdek, Isroil bilan qo‘zg‘olonlarning oldini olish masalasida ham hamkorlik qilishga xayrixohligi bildirdi.

Top