07:18 / 06.04.2016
2159

"Gazprom-media" "KVN TV" telekanalini ishga tushirmoqda

"Aleksandr Maslyakov i kompaniya" (AMIK) ijodiy uyushmasi "Gazprom-media" kompaniyasi bilan birga "KVN TV" telekanalini yaratishmoqda. Bu kanal joriy yilning 1 iyunidan ishini boshlaydi. Bu haqda kompaniyalarning birgalikdagi matbuot bayonotida aytilmoqda.

"KVN TV" telekanali efiri asosini KVNning Oliy va Premer ligalari o‘yinlari, Yurmala va Sochidagi festivallar, KVN haqidagi ko‘rsatuvlar, klub tadbirlaridan reportajlar, KVN va Rossiya shou-biznesi yulduzlari ishtirokidagi dasturlar tashkil qiladi. Telekanal tomoshabinlarga yaxshi kayfiyat ulashadi, ularga sevimli jamoalari va mashhur artistlar chiqishlarini ko‘rish imkonini beradi. Yangi kanal Rossiya, Gruziya, MDH va Boltiqbo‘yi davlatlarida efirga uzatiladi.

"KVN – ko‘plab yillar davomida teletomoshabinlarni xursand qilib kelayotgan o‘yin va yana uzoq yillar shunday bo‘ladi, deb umid qilaman. Millionlab odamlar bizning klubda o‘ynaganlar, o‘ynamoqdalar va kelgusida ham o‘ynaydilar. KVN – noyob, Rossiyada yaratilgan, muqobili yo‘q o‘yin, uni ko‘plab davlatlarda o‘ynashadi. Men tomoshabinlarga, klub ishtirokchilariga KVN butun dunyo bo‘ylab odamlar kayfiyatini ko‘tarishni davom ettirishini istab qolaman, shuning uchun ham biz "KVN TV"ni yaratdik", deb aytib o‘tdi KVN boshlovchisi Aleksandr Maslyakov.

"Gazprom-media" bosh direktori Dmitriy Chernishenko bu hamkorlikdan mamnunligini va AMIK bilan hamkorlik kompaniyaga bu segmentdagi taklifni kengaytirishga imkon berishini ta'kidlab o‘tdi.

Top