16:08 / 06.04.2016
1371

Lester meri shahar ko‘chalariga murabbiy Raneri va futbolchilar nomlarini berishni taklif qildi

Lester shahri meri Piter Solsbi shahar ko‘chalariga Angliya chempionatining bu mavsumida qahramonliklar ko‘rsatayotgan «Lester» jamoasi futbolchilari va murabbiy Raneri nomlarini berib chiqish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

«Lester hamisha o‘zidan chiqqan sportchilarni e'zozlagan. Bizda golfchi nomi berilgan tuman bor. Shuningdek, Lineker-roud bor.

Jamoa ayni vaqtda haqiqiy qahramonliklar ko‘rsatmoqda. Shuning uchun, biz ko‘chalardan birini Vardi sharafiga qayta nomlashimiz mumkin. Shuningdek, bizda Shmeyxel-strit, Drinkuoter-drayv, Raneri-roud kabi yo‘llar paydo bo‘lishi mumkin», – deydi Solsbi.

Ayni vaqtda Klaudio Raneri shogirdlari 32 turdan keyin 69 ochko bilan APL turnir jadvalida eng yaqin ta'qibchisi «Tottenhem»ni 7 ochkoga ortda qoldirgan holda birinchi o‘rinda ketmoqda.

Top