11:32 / 06.04.2016
1387

Messining «Barselona» safidagi golsiz seriyasi davomiyligi 272 daqiqani tashkil qilmoqda

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi YeChLning chorak finalida «Atletiko»ga qarshi uchrashuvda (2:1) gol ura olmadi.

Endilikda uning kataloniyaliklar jamoasidagi golsiz seriyasi 272 daqiqadan iborat bo‘lib turibdi.

Oxirgi marta Messi «Barselona» uchun 16 mart kuni YeChLning nimchorak finali doirasida «Arsenal»ga qarshi kechgan javob uchrashuvida (3:1) gol urgandi.

30 mart kuni Messi Argentina termasi safida JCh-2018 saralashi doirasida Boliviyaga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda (1:0) penaltidan gol urdi.

Ayni vaqtda uning faoliyati davomida urgan gollari soni 499ta bo‘lib turibdi.

9 aprel kuni «Barselona» Ispaniya chempionatining navbatdagi turida «Real Sosedad» mehmoni bo‘ladi.

Top