11:02 / 06.04.2016
1370

Ted Kruz va Berni Sanders Viskonsindagi praymerizda g‘alaba qozonishdi

Texaslik senator Ted Kruz seshanba kuni Amerikaning Viskonsin shtatidagi birlamchi saylov (praymeriz)da g‘alabaga erishdi. Bu haqida CNN, Fox News, MSNBC telekomponiyalari, shuningdek AR agentligi xabar berdi.

Bu baholar hududdagi ilk hisob-kitoblar va so‘rov natijalariga asoslangan.

Byulletenlarni oldindan o‘rganib chiqish chog‘ida ularning 7 foizi ham buni tasdiqladi.

Ularga ko‘ra, Kruzga 48,5 foiz saylovchilar ovoz berishgan, respublikachilar yetakchisi hisoblangan milliarder Donald Trampga esa - 35,7 foiz, Ohayo shtati gubernatori Jon Keysikka - 13,3 foiz.

Kruz uning g‘alabasi respublikachilarning prezident poygasida keskin burilish bo‘ldi deb hisoblaydi, bu Trampning mashhurlik davri o‘tayotganligidan darak beradi. Bu haqida u seshanba kuni Miluoki (Viskonsin shtati) shahrida o‘z tarafdorlari bilan uchrashganida ma'lum qildi.

"Siyosiy kuchlarning taqsimlanishi mamlakatda ikki hafta oldin o‘zgarishni boshlagandi, - deya izoh berdi u. - Yuta shtatida biz 69 foiz ovozga ega bo‘ldik va barcha delegatlar bizni qo‘llab-quvvatladi".

Praymeriz natijalariga ko‘ra Viskonsinda respublikachilarning milliy s'yezdida 42 nafar delegat kimni qo‘llab-quvvatlashi ayon bo‘ladi. Shu yerda 8 noyabr kuni AQSh prezidentligiga partiyaning rasmiy nomzodini e'lon qilishadi.

The New York Times gazetasining hisobiga ko‘ra, Trampni partiya milliy s'yezdidan 737 nafar delegat qo‘llab-quvvatlashga tayyor, Kruzda - 475 ovoz, Ohayo shtati gubernatori Jon Keysikda - 143.

OAV, siyosat va ijtimoiy fikrlarni o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi Shorenshteyn Markazi rahbari, Harvard universiteti professori Marvin Kalb Viskonsindagi saylovlardan oldin TASS agentligiga Viskonsin shtatida milliarderning g‘alabaga imkoniyati kamligini aytib o‘tgan.

"Tramp umuman olganda oldinda bormoqda, ammo so‘rovlar natijasi unga bo‘lgan qiziqishning so‘nganini ko‘rsatmoqda. U ehtimol Viskonsinida mag‘lub bo‘lar, biroq Nyu-Yorkda g‘alaba qozonadi va bu uning pozitsiyalarini tiklaydi", - dedi ekspert.

Respublikachilar partiyasining s'yezdi 18-21 iyul kunlari Ohayo shtatidagi Klivlend shahrida bo‘lib o‘tadi.

Top