Sport | 18:00 / 06.04.2016
1532
2 daqiqa o‘qiladi

OChL, 4-tur: "Lokomotiv" o‘z maydonida "Sepahon"ni yengib guruh peshqadamiga aylandi

6 aprel kuni Osiyo chempionlar ligasining "A" guruhida 4 tur uchrashuvlari o‘tkazildi. Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi o‘z maydonida Eronning "Sepahon" jamoasini qabul qildi.

Uchrashuvning 54 daqiqasida Server Jyeparovning pasidan so‘ng Temurxo‘ja Abduxoliqov hisobni ochdi. Bu gol o‘yin yakunigacha yagonaligini saqlab qoldi.

Jamoalarning OChL 3-turidagi o‘zaro uchrashuvida “Lokomotiv” safarda Marat Bikmayev hamda Sardor Mirzayevning gollari evaziga 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, muhim uch ochkoni qo‘lga kiritgan va jamg‘argan ochkolari sonini 5taga yetkazib olgandi. Endilikda ochkolari sonini 8taga yetkazib olgan "temiryo‘lchilar" keyingi bosqichga chiqish uchun yaxshi imkoniyat hosil qilishdi. 4 tur arafasida 6 ochko bilan guruh peshqadami bo‘lib turgan "An-Nasr" hali o‘z o‘yinini o‘tkazmadi.

"Lokomotiv" - "Sepahon" 1:0
Gol: Temurxo‘ja Abduxoliqov 54.
"Lokomotiv": 1.Ignatiy Nesterov, 5.Kaxi Maxaradze, 8.Server Jyeparov, 10.Marat Bikmayev (Jasur Hasanov 66), 11.Temurxo‘ja Abduxoliqov, 17.Salim Mustafoyev, 18.Timur Kapadze, 20.Islom To‘xtaxo‘jayev, 22.Sanjar Shoahmedov (Quvondik Ro‘ziyev 86), 33.Oleg Zoteyev (Ikrom Aliboyev 75), 37.Sherzod Fayziyev
“Sepahon”: 1.Rahmon Ahmadiy, 7.Ali Karimiy, 8.Rasul Navidkiya (Amin Manchehriy 71), 10.Abdulloh Karamiy, 17.Sinisha Ibrichich (Muhammadrizo Xalatboriy 59), 18.Fozil Musayev (Milod Sarlak 65), 20.Leandro Padovani, 21.Vorya G‘afuriy, 29.Lusiano Pereyra Shimba, 33.Sayid G‘aydifor, 37.Husain Foziliy.
Ogohlantirishlar: Kaxi Maxaradze 16, Sayid G‘aydifar 24.
Chetlatish: Sayid G‘aydifar (90+1)

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish