15:37 / 06.04.2016
1530

Pokistonda teraktga tayyorgarlik ko‘rgan afg‘on razvedkasi xodimi ushlandi

Pokiston maxsus xizmatlari xodimlari tomonidan Afg‘oniston razvedkasi xodimi qo‘lga olindi. Maxsus operatsiya Belujiston provinsiyasining Chaman tumanida olib borilgan. Bu haqda mamlakat chegara xizmati xabar bermoqda.

Qo‘lga tushgan afg‘on vakilining so‘roq qilish ishlari boshlab yuborilgan. Pokiston huquqni muhofaza qilish organlari ma'lumotiga ko‘ra, qurollar va o‘q-dorilarning yashirin joyi aniqlangan.

“Afg‘on razvedkasi xodimi Pokiston hududida terakt uyushtirishga ham tayyorgarlik ko‘rgan”, — deyiladi chegara xizmati bergan ma'lumotda.

Top