Jamiyat | 14:19 / 06.04.2016
4922
2 daqiqa o‘qiladi

Tadqiqot: Qorag‘at jarohatdan keyingi ruhiy zo‘riqish holatlaridan qutqaradi

Olimlar bir qator tajribalar o‘tkazishdi va qorag‘atning jarohatdan keyingi ruhiy zo‘riqishda yordam berishini aniqlashdi. Bu tadqiqot haqida Federation of American Societies for Experimental Biology (FASEB) tarmog‘ida to‘liq tanishib chiqish mumkin.

Jarohatdan keyingi ruhiy zo‘riqish - bu harbiy harakatlarda qatnashish, og‘ir jarohat olish, jismoniy zo‘ravonlik yoki o‘lim xavfi kabi ruhiy jarohat yetkazuvchi vaziyatdagi yoki ko‘ngilsizliklarning takrorlanishi natijasidagi og‘ir ruhiy holat. Tadqiqot davomida olimlar kalamushlarning yuqorida qayd etilgan holatga tushishiga erishishdi, buning natijasida kemiruvchilar noma'lum jismni ko‘rganda qiziqish o‘rniga qo‘rqa boshlaydi.

Shundan so‘ng, olimlar kalamushlarni har kuni qorag‘at bilan boqishdi (porsiyalar bir kishiga ikki stakan qorag‘at miqdoriga to‘g‘ri keladi). Biroz vaqt o‘tib shu narsa ma'lum bo‘ldiki, qorag‘atni iste'mol qilish chog‘ida kalamushlarda ruhiy zo‘riqish belgilari kamayadi va ular noma'lum jismlardan kamroq cho‘chiydi.

Olimlar qorag‘at SKA2 geni ekspressiyasini yaxshilaydi deb hisoblashdi. U esa o‘z o‘rnida qo‘rquv va ruhiy zo‘riqishning oldini oladi. Undan tashqari, qorag‘at "baxt gormoni" nomini olgan serotonin-neyromediator miqdorini oshiradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish