16:34 / 06.04.2016
1448

Venger o‘zi istayotgan futbolchi uchun istalgan mablag‘ni berishga tayyor

«Arsenal» Myonxengladbaxning «Borussiya» jamoasi yarimhimoyachisi Granit Jaka uchun qiziqish bildirishda davom etmoqda. Tle Telegraph nashri xabariga ko‘ra, shveysariyalik bu futbolchi londonliklar jamoasi bosh murabbiyi Arsen Vengerning yozgi transferlardagi bosh maqsadi bo‘ladi.

Manbaning yozishicha, Arsen Venger uni «kanonirlar» uchun juda kerakli deb hisoblamoqda va uchun so‘raladigan har qanday mablag‘ni to‘lashga tayyor.

Bundan oldinroq, Jaka o‘zi va «Arsenal» o‘rtasida muzokara olib borilayotgani haqidagi xabarni inkor etgandi.

Shveytsariya terma jamoasi a'zosi hisoblanadigan Jakaning «Borussiya» bilan shartnomasi 2019 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Qayd etish kerakki, bu futbolchi «Arsenal»ning hozirgi yetakchilaridan biri Frensis Koklen bilan bir chiziqda, ya'ni tayanch yarimhimoyachisi sifatida to‘p suradi.

Venger 43 mln yevro evaziga «Arsenal» uchun yangi futbolchi sotib olmoqchi

Top