10:08 / 06.04.2016
1685

Xitoy orbitaga ortga qaytariluvchi sun'iy yo‘ldosh uchirdi

Xitoy Tszyutsyuan kosmodromidan orbitaga ilmiy-tadqiqot sun'iy yo‘ldoshi "Shitszyan-10" (SJ-10)ni fazoga uchirdi, deb xabar bermoqda "Sinxua" axborot agentligi.

Sun'iy yo‘ldosh "2-D modelidagi "Buyuk safar" raketa-tashuvchisi yordamida mamlakatning shimolidagi Gansu viloyatidan fazoga ko‘tarildi. Kosmodrom Badin-Jaran cho‘lining chekkasida joylashgan.

Sun'iy yo‘ldosh yordamida ilmiy tajribalar olib boriladi, uni yerga qaytarish rejalashtirilmoqda. Bu yo‘ldosh oxirgi yillarda Xitoy tomonidan uchirilgan 25-qaytariluvchi yo‘ldosh bo‘ldi.

Top