16:12 / 06.04.2016
7453

Xitoylik kuyov o‘z qaylig‘iga 600 ta shardan tikilgan kelin ko‘ylak sovg‘a qildi

Xitoyning Tsindao shahrida yashovchi kuyov to‘y kuni o‘z qaylig‘iga 600 havo sharidan tikilgan kelin ko‘ylagi sovg‘a qildi. So‘ngra ular birgalikda shahar ko‘chalarida kezishdi hamda fotosessiyada qatnashishdi, deb xabar bermoqda Mashable.

25 yoshli Lu Kepen kuylakni bir kechada tikdi. U birinchi kuylakni to‘y uchun oq sharlardan, ikkinchi kuylakni esa turli xil rangli sharlardan tayyorladi.

Yigitning so‘zlariga ko‘ra, u bu sovg‘asi bilan qaylig‘i Su Syuenoni qanchalar kuchli sevishini isbotlamoqchi bo‘lgan.

Top