16:05 / 06.04.2016
3694

«Yandeks» Telegram’da qidiruv xizmatini ishga tushirdi

«Yandeks» kompaniyasi Telegram ijtimoiy tarmog‘ida o‘zining rasmiy birinchi chat sahifasini ishga tushirdi, deb xabar qilgan kompaniya matbuot xizmati.

U rasman ...@ya nomini oldi. Ushbu xizmat «Yandeks»ning bir necha mahsuloti (qidiruv xizmati, «Yandeks. Xarita», afisha, suratlar va boshqalar)ni o‘z ichiga olgan. Sahifa savollarga javob beradi, video va musiqa qidirish, yangiliklarni o‘qish, matnlarni tarjima qilish barobarida dunyoda yuz berayotgan voqealarni yetkaza oladi.

Shu bilan birga, talab bo‘yicha suratlarni qidira oladi hamda unda nima tasvirlanganini aniqlash xususiyatiga ega.

Chat-sahifa insonlarning o‘zaro muloqotiga o‘xshash so‘rovlarni ham bajaradi.

Bundan tashqari, chatni tark etmasdan boshqa suhbatdoshni muloqotga qo‘shish imkoniyati ham bor. «Yandeks» jamoasi ushbu chat sahifasining faoliyatini mukammallashtirish maqsadida mijozlar fikrini qabul qilish xizmatini ham yo‘lga qo‘ygan.

Bundan avval, «Yandeks» robot shoiri, yangiliklar sarlavhalaridan she'r to‘qishni o‘rganib olgani xabar qilingandi.

Top