18:11 / 07.04.2016
1427

Air India uchuvchisi o‘zining "sevimli" ikkinchi uchuvchisisiz parvoz qilishdan bosh tortdi

Air India aviakompaniyasi samolyotlaridan birining ekipaj komandiri "sevimli" yordamchisisiz (ikkinchi uchuvchi) parvoz etishdan bosh tortdi. Hindustan Times nashrining xabar berishicha, layner bortida 110 nafar kishi bo‘lgan. Reys ikki soatdan ortiq vaqtga ushlanib qolgan.

Birinchi uchuvchining ismi oshkor etilmadi, ammo Chennaydan Malega Tiruvanantapuram orqali uchayotgan reys haqida gap ketayotganligi ma'lum.

Parvozdan bir kun avval ekipaj komandiri "ma'lum bir ayol" u bilan navbatchilikka chiqishini talab qilgan. Dastlab unga bu xodim Deliga uchadigan reysga tayyorlanganligini aytishdi. Keyin uchuvchi kasalligi haqida raport yozdi. Uchish oldidan ekipaj komandiri ish joyiga keldi va aviakompaniyani "sevimli" ikkinchi uchuvchisini chaqirishga majbur qildi.

Natijada parvoz ikki soatdan ortiq vaqt davomida ushlanib qoldi.

Hozircha Air India tomonidan bu voqeaga izoh berilmadi.

Top