Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Daimler aksiyadorlari kompaniya bufetidagi sosiskalar sababli janjallashib ketdi
Daimler avtomobilsozlik konsernining bepul bufetida an'anaviy nemis sosiskalari sababli kompaniyaning ikki aksiyadori janjallashib ketdi. Ushbu voqea aksiya egalarining har yilgi yig‘ilishi davomida yuz berdi.
Voqeaning ayol ishtirokchisiga erkak aksiyadorning o‘z likopchasiga Germaniyada sevib tanovul qilinuvchi bu sosiskadan haddan tashqari ko‘p solgani yoqmagan va ayol erkakka tanbeh bergan. Natijada ular orasida dahanaki jang chiqqan. Agarda ma'muriyat politsiyani chaqirmaganida bu janjal haqiqiy mushtlashuvga aylanib ketishi ham mumkin edi, deb ma'lum qilmoqda Bloomberg agentligi.
Ta'kidlanishicha, uchrashuvga kompaniyaning 5,5 ming aksiyadori kelgan va ular uchun 12,5 mingta sosikka tayyorlangan.
Daimler’ning kuzatuv kengashi raisi Manfred Bishof bu holatga izoh berib, kompaniya aksiyadorlar yig‘ilishiga ko‘proq yegulik xarid qilishi kerakligini aytgan.
"Yoki bizga ko‘proq sosiska kerak, yoki umuman undan voz kechishimiz lozim" deb aytgan Bishof.
Yig‘ilishda Daimler aksiyadorlari bir aksiyaga 3,25 yevro qiymatida dividend berilishini ma'qullashdi. Agentlikning ta'kidlashicha, bu pulga Germaniyada ushbu sosiskaning ikkita pachkasini xarid qilish mumkin.