Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeChL. "Real" "Volfsburg"dan mag‘lub bo‘ldi, "PSJ" o‘z uyida "Manchester Siti" bilan durang natija qayd etdi
Yevropa Chempionlar ligasi chorak finali doirasida "PSJ" va "Manchester Siti" o‘rtasida kechgan dastlabki bahsda 2-2 hisobidagi durang natija qayd etildi. Dastlab Ibrahimovich penaltidan unumli foydalana olmadi. Shundan so‘ng 38-daqiqada "shaharliklar" safida De Bryuyne katta sahnaga chiqdi, uning bergan zarbasi oldida "PSJ" darvozaboni Trapp ojiz qoldi. Oradan 3 daqiqa o‘tib, aniqrog‘i 41-daqiqada Ibrahimovich o‘z aybini yuvishga erishdi. Jamoalar tanaffusga durrang natija bilan chiqib ketishdi.
Ikkinchi bo‘limning 59-daqiqasida burchak to‘pidan unumli foydalangan parijliklar hisobda oldinga chiqib oldilar, gol muallifi Rabo. Tinib tinchimas Fernandino 72-daqiqada himoyadagi palapartishlikdan foydalanib hisobni tenglashtirishga erishdi. Uchrashuv jangovar durang bilan yakunlandi.
YeChL. Chorak final.
"PSJ" – "Manchester Siti" 2:2
Gollar: De Bryuyne 38, Ibragimovich 41, Rabo 59, Fernandino 72.
Ogohlantirish: David Luiz 1, Klishi 11, Fernando 35, Matyuidi 48, Mangalya 83.
"PSJ" – Trapp, Tiago Silva, Maksvell, Ore, David Luiz, Rabo, Motta, Matyuidi, Di Mariya, Kavani, Ibragimovich.
"Manchester Siti" – Xart, Otamendi, Klishi, Sanya, Mangalya, Fernando, Fernandino, de Bryuyne, Navas, Silva, Aguero.





"Volfsburg" va Madridning "Real" klublari o‘rtasidagi uchrashuv 2-0 hisobi bilan yakunlandi. Gollarni "bo‘rilar" safida Rodrigez 18- va Arnold 25-daqiqada kiritib, jamoalarining sensatsion g‘alabasini ta'minladilar.
"Volfsburg" – "Real" 2:0
Gollar: Rodrigez 18, Arnold 25.
Ogohlantirish: Viyeyrinya 19, Arnold 69, Beyl 69, Navas 85.
"Volfsburg" – Benalo, Dante, Naldo, Rodriges, Viyeyrinya, Shyurrle, Luis Gustavo, Arnold, Gilavogi, Draksler, Bruno Enrike.
"Real" – Navas, Pepe, Marselo, Danilo, Ramos, Modrich, Kazemiro, Kroos, Beyl, Ronaldu, Benzema.


Eslatib o‘tamiz Yevropa Chempionlar Ligasi chorak finalining javob o‘yinlari 12—13 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.