Jahon | 14:58 / 07.04.2016
1800
1 daqiqa o‘qiladi

Eron TIV: Eron, Ozarbayjon va Rossiya razvedka sohasida hamkorlik qiladi

Tehron, Boku va Moskva maxsus xizmatlar, xususan razvedka yo‘nalishi bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib olishdi. Bu haqda Eron tashqi siyosat mahkamasi rahbari Javod Zarif Rossiya va ozarbayjonlik hamkasblari bilan o‘tkazgan uch tomonlama muloqotidan so‘ng, bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida bayonot bergan.

Bundan tashqari, vazirning qayd etishicha, avtomobil va dengiz transporti sohasida ham hamkorlik qilish imkoniyatlari mavjud. Shu bilan birga, suhbat chog‘ida konsullik va bojxona xizmatlari, xususiy tadbirkorlik sohalarida hamkorlik masalalariga e'tibor qaratilgan.

Eron tashqi ishlar vazirining fikricha, bu uchtomonlama munosabatlarni yangi bosqichga chiqarishda turtki bo‘ladi.

"Eron, Rossiya va Ozarboyjonning hamkorligi mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash maqsadiga xizmat qiladi", degan Javod Zarif.

Tehron, Rossiya - Ozarbayjon - Eron uch tomonlama sammitini o‘tkazish g‘oyasini ham ilgari surmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish