Texnologiya | 19:36 / 07.04.2016
1467
1 daqiqa o‘qiladi

Facebook OAVdan onlayn-videolar sotib oladi

Facebook kompaniyasi ijtimoiy tarmoqda foydalaniladigan onlayn-striminglari uchun yangilik nashrlariga pul to‘lamoqchiligini bildirdi. Bu haqda Re/Code xabar berdi.

Kompaniya Facebook Live servisini nafaqat selebreti tizimi, balki yirik yangilik onlayn-resurslarida ham yo‘lga qo‘ymoqchi. Ular qatorida, Huffington Post, BuzzFeed va New York Times nashrlari bor.

“Biz birdaniga bir necha hamkorlar bilan ishlaymiz va hamkorligimizning ba'zi holatlarida moddiy rag‘batlantirish ko‘zda tutilgan”, - deydi Facebook mahsulotlariga mas'ul shaxs Fiji Simo.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish