19:32 / 07.04.2016
1514

Italiya sohillarida 300 nafar qochqinning hayoti saqlab qolindi

Italiya sohilbo‘yi xavfsizlik xizmati 300 nafar qochqin mingan qayiqni qutqarib qolganini ma'lum qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Odamlar bilan to‘la kema Misrdagi portdan Sitsiliya bo‘g‘oziga yo‘l olgandi. Kemadagi qochqinlar Suriya, Misr, Somali, Eritreya, Efiopiya, Falastin, Liviya, Sudan va Komor orollariga mansub bo‘lgan. Ulardan 156 nafari erkaklar, 51 nafari ayollar va 107 nafari bolalar.

Gretsiyaga Turkiyadan muhojirlar-yo‘lovchilari bilan kemalar kela boshlagach, Yevropa Ittifoqi Anqara bilan o‘tgan oyda noqonuniy kelganlarni ortiga qaytarish to‘g‘risida bitim imzoladi.

Top