18:01 / 07.04.2016
3092

Jyerar Deparde Qozog‘istondagi ziyofat so‘ngida duoga qo‘l ko‘tardi

Internetda Qozog‘istonda bayram dasturxoniga taklif etilgan mashhur fransuz aktyori Jyerar Deparde aks etgan videolavha paydo bo‘ldi.

Unda mehmon hurmat yuzasidan to‘rga o‘tqazilgani, milliy taomlar: qazi va bo‘g‘irsoqlar bilan ziyofat qilinganini ko‘rish mumkin.

Mehmon ham o‘z navbatida, mezbon yurtga hurmatini namoyish etgan. U dasturxon atrofida o‘qiladigan duo vaqtida qo‘l ko‘tarib, omin so‘zini takrorlab turgan hamda duo so‘ngida kaftlarini yuziga surtgan.

Top