21:37 / 07.04.2016
2011

Misrlik harbiylar paranji kiyib olgan IShID jangarisini qo‘lga olishdi

Misrlik harbiylar paranji kiyib olgan IShID jangarisini qo‘lga olishdi. Bu haqda 7 aprelda The Daily Mail nashri xabar berdi.

Ayollar kiyimida bo‘lgan terrorchi Sinay yarimorolida, Al-Arish shahri yaqinida ushlandi. Misr huquq-tartibot muassasalarining taxminicha, jangari ushbu hududda harakat qilayotgan IShIDning filiallaridan biri safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan.

Radikal jangarilar mantazam ravishda Misrda turli hujumlar amalga oshiradi. Ular asosan Sinay yarimorolining shimolida harakat qiladilar, biroq ba'zida mamlakatning boshqa hududlariga ham kirib boradilar.

Top