14:52 / 07.04.2016
1478

Nazarboyev Ozarbayjon va Armaniston davlat rahbarlari bilan Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyatni muhokama qildi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev ikki davlat rahbarlari bilan o‘tkazgan muloqoti chog‘ida Tog‘li Qorabog‘ hududida yuz bergan qurolli to‘qnashuvlarda odamlar va harbiylar halok bo‘lgani munosabati bilan ularga hamdardlik izhor qilgan.

Shu bilan birgalikda, Nazarboyev hamkasblarini Tog‘li Qorabog‘dagi keskinlikni yumshatishga hamda xalqaro huquq me'yorlari doirasida tinchlik muzokaralarini boshlashga chaqirgan.

Muloqot chog‘ida shuningdek, ikki tomonlama aloqalarga oid boshqa masalalar ham muhokama qilingan.

Top