O‘zbekiston | 14:30 / 07.04.2016
1665
1 daqiqa o‘qiladi

"O‘zbekiston temir yo‘llari" Turkmanistonga mingta vagonni ta'mirlab beradi

Sputnik agentligining xabar qilishicha, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ 2016-2020 yillar mobaynida Turkmaniston temiryo‘l vagonlarini kapital ta'mirlab beradi. Bu haqda kompaniya boshqaruvi direktori Achilboy Romatov ma'lum qilgan.

Ushbu sohada hamkorlik qilish borasidagi kelishuv 2015 yilning oktabrida imzolangan edi.

2013 yilning sentabr oyida "O‘zbekiston temir yo‘llari" 150 million dollar hisobiga mexanika zavodining ta'mirlash bo‘limini zamonaviylashtirgan edi.

Bu o‘z navbatida MDH va qo‘shni davlatlardan buyurtmalar sonini keskin oshirishga imkon bergan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish