23:00 / 07.04.2016
1308

Pentagonda G‘arb davlatlariga hujumlar qilishni rejalashtirgan terrorchilarga zarba berilgani ma'lum qilindi

AQSh harbiylari Suriyada "Al-Qoida" va boshqa terrorchilik guruhlari jangarilari pozitsiyalariga bir qator zarbalar berishdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

"Yaqinda "Al-Qoida" va "Xuroson" terrorchilik guruhlariga bir qator zarbalar berdik. Bizga ular G‘arb davlatlariga teraktlar uyushtirishni rejalashtirgani ma'lum", deb aytdi Pentagon rasmiy vakili polkovnik Stiven Uorren hamda hujumlar AQSh va Yevropa davlatlariga uyushtirilmoqchi bo‘lganini ta'kidlab o‘tdi.

Top