Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 17:48 / 07.04.2016
2071
1 daqiqa o‘qiladi
Putin ofshor materiallari haqida fikr bildirdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin ofshor mojarolariga izoh berar ekan, bu surishtiruv materialini ko‘zdan kechirganini ma'lum qildi.
“Qayerlardandir nimadirlar kavlab olishgan va yasab qo‘yishgan”, - xulosa qildi Putin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday materiallar “mamlakatni ichidan yemirish va ruslarni bo‘ysunuvchan qilish uchun” o‘ylab topilgan.
Bu davlat organlariga ishonchsizlik tuyg‘ularini uyg‘otish hamda ularni bir-biriga qarshi qilishning eng oson yo‘li, deb hisoblaydi Putin.