Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada 417,3 ming dona Nexia avtomobili ro‘yxatga olingan
Rossiyaning "Avtostat" tahliliy agentligi talqiniga ko‘ra, O‘zbekistonda ishlab chiqariluvchi Nexia avtomobili Rossiyadagi eng ommabop xorijiy avtomobil markalari reytingida 7-o‘rinni egalladi.
Agentlik 2016 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, Rossiyadagi yengil avtomobillar parkini tadqiq qildi va eng ommabop xorijiy markalar reytingini tuzdi.
"Avtostat" ma'lumotlariga ko‘ra, Rossiyada 417,3 ming dona Nexia avtomobili ro‘yxatga olingan.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Rossiyada eng ommabop marka Toyota Corolla hisoblanadi, Rossiyada bu modeldan 685,2 ming dona bor.
Shuningdek, Ford Focus modeli 670,8 dona va Renault Logan 576,5 ming dona bilan mos ravishda 2- va 3-o‘rinni egallamoqda.