Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi IP Box gadjyeti har qanday iPhone smartfonini buzib kira oladi
Britaniyalik xakerlar guruhi ularning IP Box deb nomlanuvchi ixtirosi 6 soat ichida to‘rt raqamdan iborat parolni topib, har qanday iPhone smartfoniga kira olishga qodirligini e'lon qilishdi. Qurilma narxi 120 funt sterlingga baholangan bo‘lib, uni istagan odam xarid qilishi mumkin.
Ma'lumki, iOS tarkibida parol terish chog‘ida 10 ta ketma-ket amalga oshirilgan omadsiz urinishdan so‘ng smartfondagi barcha ma'lumotlarni o‘chirib tashlaydigan funksiya bor. Biroq IP Box faoliyatiga bu «to‘siq» tahdid sola olmaydi. Apparat iPhone quvvat manbaiga ulanadi va har bir noto‘g‘ri kod kiritilgandan keyin bu urinish haqidagi ma'lumotlar yozib olingunicha smartfon tokdan uzadi. So‘ngra qayta yuklanish va navbatdagi kombinatsiyani kiritish kerak bo‘ladi. Har bitta urinishni tekshirish uchun taxminan 6 soniya vaqt ketadi. IP Box nafaqat ulanish kodini, balki smartfondagi elektron pochta qutisi, kontakt ma'lumotlari va qo‘ng‘iroqlar tarixini ham buzish imkoniga ega.
Mish-mishlarga ko‘ra, Federal qidiruvlar byurosi aynan shu qurilma orqali San-bernardinolik terrorchining iPhone 5c smartfonini buzib kirishga muvaffaq bo‘lgan.