Jamiyat | 21:45 / 07.04.2016
2624
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyadagi muzqaymoq ishlab chiqaruvchi kompaniya mahsulot narxi 9 sentga oshgani uchun aholidan uzr so‘radi

Yaponiyaning muzqaymoq ishlab chiqaruvchi Akagi Nyugyo kompaniyasi 1991 yildan beri ilk marta o‘zining eng ko‘p sotiluvchi muzqaymog‘i Garigari-kun uchun narxni oshirgani uchun mijozlardan uzr so‘radi.

Antiqa ta'mlar, misol uchun kartoshka yoki spagetti ta'mi bilan yaratiladigan eskimo narxi 9 sentga oshirildi. Bu muzqaymoq 1981 yildan ishlab chiqarila boshlangan. Kompaniya rahbariyati o‘zining afsusini ifodalash uchun uzr so‘rash belgisi sifatida ta'zim qilgan ko‘rinishda videoda suratga tushdi.