Sport | 08:34 / 07.04.2016
1518
2 daqiqa o‘qiladi

Zidan: hech kim «Real» 2:0 hisobida yutqazadi deb o‘ylamagandi

Madridning "Real" futbol jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Chempionlar Ligasi chorak finalining dastlabki uchrashuvida jamoasi mehmonda "Volfsburg"dan mag‘lubiyatga uchragani borasida fikrlari bilan bo‘lishdi. Uchrashuv "bo‘rilar"ning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

"O‘yindan hafsalam pir bo‘ldi. Hech kim 2:0 hisobi bilan yutqazishimizni kutmagandi. Hattoki men ham kutmagandim.

Bugun bizga qiyin bo‘lishini bilgandik, ayniqsa jismonan. Shubhasiz, "Barselona" bilan uchrashuv bizni charchatgandi. Biroq biz o‘yinni Chempionlar Ligasining bunday bosqichida o‘ynash kerak bo‘lgan sur'atda boshlamadik. Bizga harakatchanlik va jadallik yetishmadi. Gol urishga imkoniyatlarimiz bo‘ldi, biroq hozir natijaga tan berishimiz kerak bo‘ladi. Biz uchrashuvning barcha 90 daqiqasini tahlil qilib chiqishimiz lozim.

Hali hech narsa yo‘qotilmadi. Biz "Real Madrid"miz va javob uchrashuvida muxlislarimiz ko‘magida barchasini o‘zgartirishimiz mumkin. Oldinda 90 daqiqalik yoki undan ham ko‘proq davom etadigan o‘yin bor. Hozir jipslashib, ishlashda davom etish kerak", deb Zidanning so‘zlarini keltirmoqda ispan OAVi.

Jamoalar o‘rtasidagi javob uchrashuvi 12 aprel kuni Madridda bo‘lib o‘tadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish