10:48 / 08.04.2016
1700

«Ayaks» o‘z muxlislari «Feyyenoord»ga qarshi o‘yinda raqib darvozaboni Vermeyerning tulumini stadionga osgani uchun jazolandi

Niderlandiya futbol federatsiyasi «Ayaks» jamoasini 7 fevral kunda ichki chempionat doirasida «Feyyenoord»ga qarshi kechgan va 2:1 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan uchrashuv vaqtida mezbon muxlislar tomonidan amalga oshirilgan noma'qbul harakat uchun jazoladi.

«Ayaks» endilikda 10 ming yevro jarima to‘laydi va «Feyyenoord» jamoasiga qarshi keyingi 2ta uchrashuvda jamoa fan-klubi maydonga kiritilmaydi. 13 aprelgacha bu qarorga shikoyat bildirish mumkin.

Fevral oyidagi o‘yinda amsterdamlik muxlislar o‘yinga raqiblar darvozaboni Kennet Vermeyerning tulumini olib kirib, osib qo‘yishgandi. Bu futbolchi 2014 yilda «Ayaks»dan roterdamliklar jamoasi safiga o‘tib ketgan to‘qqizinchi futbolchi bo‘lgandi.

Top