08:27 / 08.04.2016
1416

Devid Kemeron "ofshor mojarosi"dan keyin soliqlari haqidagi ma'lumotni oshkor qilishga va'da berdi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron katta shov-shuvga sabab bo‘lgan "ofshor mojarosidan" keyin yurtdoshlariga yaqin haftalarda o‘zining soliq deklaratsiyasini oshkor qilishga va'da berdi.

"Men o‘z otam, u yaratgan biznes va barchasi bilan faxrlanaman. Men bu "balchiqda" otamning ismi tilga olinayotganiga chiday olmayman. Menga kelsak, men birja brokerlari bo‘lgan otam, buvam va buvamning otasinikidan o‘zgacha yo‘l tanlaganman. Men sir tutadigan narsa yo‘q va men istalgan savolga javob berishga tayyorman", deb aytdi Kemeron ITV telekanaliga.

Avvalroq Kemeron rafiqasi bilan, u bosh vazir bo‘lgunga qadar, 2010 yil yanvarda otasidan meros qilib olgan Blairmore Holdings ofshor kompaniyasidagi 30 ming funt sterlinglik aksiyalarini sotganini tan olgan edi.

Top