Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fidel Kastro anchadan beri ilk marta omma oldida ko‘rinish berdi
Kuba inqilobi tarixiy yetakchisi Fidel Kastro uzoq vaqtdan beri birinchi marta Gavanada omma oldida ko‘rinish berdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Kastro ukasi Raul Kastroning 2007 yilda 77 yoshida vafot etgan rafiqasi Vilma Espin xotirasini yod etish marosimida paydo bo‘ldi. Espin 1959 yildagi Kuba inqilobining qahramonlaridan biri hisoblanadi.
"Komandante" Espin nomini olgan ta'lim markaziga tashrif buyurdi. Sobiq yetakchi u yerda bog‘cha va boshlang‘ich maktab o‘quvchilari va pedagoglari bilan xotira marosimida ishtirok etdi.
"Ishonchim komilki, bugungidek kunda Vilma xursand bo‘lardi", deb aytdi Kastro.
Mahalliy televideniye o‘quvchilar va o‘qituvchilar bilan ta'lim, sog‘liqni saqlash va boshqa mavzularda suhbatlashgan Kastroning tasvirlarini va nutqini namoyish qildi.
Avvalroq Kastro AQSh prezidenti Barak Obamaning Kubaga tashrifini "biz imperiya bizga qandaydir sovg‘alar berishiga muhtoj emasmiz" deb izoh bergandi.