16:02 / 08.04.2016
1350

Gvardiola «Siti»ga kamida sakkiz nafar yangi futbolchi olib kelmoqchi

Angliyaning «Manchester Siti» klubi yozda kamida 8 nafar futbolchi sotib olishni rejalashtirgan.

ESPN nashri bergan xabarga ko‘ra, jamoaning bo‘lajak bosh murabbiyi Xosep Gvardiola «Manchester Siti»da «Barselona» darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen, himoyachilar Jon Stounz («Everton») va Emerik Laport («Atletik»), shuningdek oldinroq klub bilan dastlabki kelishuvga erishilgani ma'lum qilingan Dortmundning «Borussiya» klubi yarimhimoyachisi Ilkay Gundo‘g‘anni ko‘rishni istamoqda.

Shuningdek, Gvardiola jamoaga yana ikki nafar qanot himoyachisi, tezkor vinger va Serxio Agueroga o‘rinbosar sifatida hujumchi kerakligini aytgan. Oldinroq jamoa hujumchi Vilfred Bonini sotishga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Top