Sport | 09:20 / 08.04.2016
1211
1 daqiqa o‘qiladi

Jilardino "Parma"ga yordam berish uchun quyi ligada o‘ynashga tayyorligini bildirdi

"Palermo" jamoasi futbolchisi, Italiya terma jamoasi safida o‘ynagan tajribali hujumchi Alberto Jilardino o‘tgan mavsumda moliyaviy muammolar tufayli quyi ligaga tushib ketgan "Parma" jamoasini A seriyaga qaytarishda yordam bermoqchi.

Gazzetta di Parma nashrining xabariga ko‘ra, 33 yoshli bu futbolchi o‘zining sobiq jamoasi haqida qayg‘urmoqda. U bu jamoa safida 3 mavsum davomida 116 marta o‘yin o‘tkazib, 56ta golga mualliflik qilgandi.

"Parma" jamoasi bankrotlik e'lon qilgach, professionallik maqomini yo‘qotdi va Italiya chempionatining uchinchi divizioniga tushirib yuborildi.

Jilardino joriy mavsumda 8ta gol urgan.

Shuningdek, u A seriyada qolishi ham mumkinligi, bu boshqa jamoalardan bo‘ladigan takliflarga bog‘liqligi aytilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish