Sport | 15:42 / 08.04.2016
1666
1 daqiqa o‘qiladi

Klichko Fyuri bilan 9 iyul kuni revansh jangi o‘tkazadi

Britaniyalik bokschi Tayson Fyuri va ukrainalik Vladimir Klichko o‘rtasida revansh-matchi 2016 yilning 9 iyul kuni Manchester shahrida bo‘lib o‘tadi.

2015 yilning 28 noyabr kunida Germaniyaning Dyusseldorf shahrida Klichko Fyuridan mag‘lubiyatga uchradi va IBF, IBO, WBO va WBA versiyalari bo‘yicha jahon chempioni unvonini saqlab qololmadi.

O‘tgan yilning dekabr oyida Fyuri IBF da'vogari ukrainalik Vyacheslav Glazkov bilan majburiy uchrashuvdan bosh tortgani uchun IBF uni Klichko bilan jangda qo‘lga kiritgan o‘ta og‘ir vaznda jahon chempioni kamaridan mahrum qildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish