Fan-texnika | 10:20 / 08.04.2016
2402
3 daqiqa o‘qiladi

LG kir yuvish mashinasida qurilgan kartali uy Ginnes rekordini qayd etdi

Kir yuvish mashinasining LG Centum™ tizimi deyarli barcha vibratsiya va shovqinlarni yo‘qqa chiqaradi.

2016 yilning 7 aprelida Seulda LG Electronics (LG) kompaniyasi va professional karta me'mori Brayan Berg 12 soat davomida bunyod bo‘lgan eng baland kartali uy qurish bo‘yicha yangi dunyo rekordini o‘rnatishdi. Eng ajablanarli tomoni shundaki, 3,3 metr balandlikdagi rekord qurilma LG Centum kir yuvish mashinasida qurilgan, ishlash paytida uning barabani bir daqiqada 1000 marta aylangan.

8 yoshida kartalardan konstruksiyalar yasashni boshlagan Harvard universiteti ma'lumotiga ega me'mor Brayan Berg LG bilan hamkorlikda oddiy o‘yin kartalaridan 48 qavatli uy qurib rekord o‘rnatishni rejalashtirmoqda.

"Biz o‘z maqsadiga yetishgan va ba'zi zamonaviy maishiy qurilmalardagi texnologik innovatsiyalarga e'tiborni qaratish imkonini bergan Brayan uchun juda xursandmiz. Maishiy texnika endi shovqinli va asabga o‘ynovchi mashina sifatida emas, har bir intererda hech kimni bezovta qilmaydigan oilaviy sherik sifatida qabul qilinishi kerak. Bu rekord mazkur g‘oyani yetkazib beruvchi ijodiy vosita bo‘lib xizmat qildi", dedi LG Electronics Home Appliance&Air Solutions kompaniyasi prezidenti va direktori vazifasini bajaruvchisi Jo Son-Chjin.

LG kompaniyasining Centum™ ajabtovur texnologiyasi avtomobillarda qo‘llaniladigandek amortizatorlar bilan ta'minlangan yangi dempfirik tizimdan foydalangan. Bu bak tizimi vibratsiya va shovqin darajasini sezilarli ravishda kamaytiradi. Tashqaridagi bakni quvvatlovchi odatiy prujinalardan voz kechib, Centum System™ maishiy texnika bozoridagi eng sokin (shovqinsiz) rejimi bilan maqtana oladi, bunda u atigi 67dB darajali shovqin chiqaradi, bu oddiy suhbat chog‘idagi tovushga teng. Harakatlanuvchi qismlarning kamligi tufayli ko‘plab mashinalarning eskirishiga asosiy sabab bo‘layotgan qirilish jarayoni kamaydi. LG o‘z texnologiyasiga shunchalik ishonadiki, Centum System™ kir yuvish mashinalari Inverter Direct Driveli dvigatellariga 20 yillik kafolat beriladi, bu sanoat standartidan ikki barobar ko‘p deganidir.

Reklama huquqlari asosida.