5 aprel kuni WhatsApp xavfsizlikning yangi çoralari kiritilgani haqida ma'lum qildi: barça foydalanuvçilarga aloqani töliq şifrlaş imkonini beruvçi qöşimça xizmatni majburiy kiritişdi. Nazariyada bu WhatsApp’ni dunyodagi eng xavfsiz ommaviy messenjerga aylantiradi. Biroq bunday çoralar öziga yaraşa çeklovlarga ega. Şu bois boşqa messenjerlar işlab çiqaruvçilari, masalan Telegram - bunday texnologiyani qöllaşdan boş tortgan.

Messenjerlarning xavfsizligi reytingi Electronic Frontier Foundation (EFF) tomonidan tuziladi. Uning saytida doimiy yangilanib turuvçi jadval bölib, bu yerda messenjerlar tekşiruv natijalaridan kelib çiqib, 1 dan 7 ballgaça bölgan mezonda baholanadi.

Misol uçun, Telegram maxfiy çatlari bu jadvalda 7 ballni (eng yuqori baho)qölga kiritgan, boşqa oddiy çatlar esa 7 balldan 4 ballga ega. Şu jadvalga köra WhatsApp 2014 yilning noyabrigaça 7 balldan 2 ballga ega bölgan: messenjer xabarlarni yuborişda şifrlagan va ötgan yillar davomida mustaqil audit xavfsizligidan ötgan. Ammo belgilangan şifrlaş kiritilgan kuni EFF taşkiloti WhatsApp’ga 7 dan 6 ball berdi. WhatsApp’ning yangi şifrlaş dasturi ustida Open Whisper Systems (OWS) şuğullangan.
2015 yilning dekabrida Telegram asosçisi Pavel Durov OWS’ning rahbari Moksi Marlinspayk bilan omma oldida bahslaşib ketgan: u Telegram tarmoği şifrlanmagan xabarlarni saqlaydi degan fikrni bildirgan (aslida esa bunday emas), natijada Durovning jahli çiqib ketadi va bunga javoban bunday fikr tarafdorlarini "tölangan tuhmat"da ayblaydi.

Töliq şifrlangan tizim ham öziga xos kamçiliklarga ega. Masalan, Telegram tarmoği töliq şifrlaşdan voz keçganiga sabab sifatida jamiyat köz öngida haddan taşqari himoyalangan tizim sifatida namoyon bölişni istamasligini bildirdi. Töliq şifrlangan himoya "ma'lum mamlakatlar tomonidan qattiq ta'qib qiliniş"ga sabab bölişi mumkin, deyişdi Telegram vakillari.

WhatsApp ilgari ham ba'zi mamlakatlardagi yozişuvlarni körsatişdan boş tortgani uçun mojarolarga aralaşib qolgan. Endi esa unga davlat organlari bilan umuman hamkorlik qilolmasligini bildirişmoqda.

WhatsApp ham Apple kabi vaziyatdan munosib çiqa oladimi yöqmi, buni vaqt körsatadi.

Töliq şifrlaşning ijobiy tomoni qurilmadagi yozişmalarga ularning egalaridan boşqa heç kim kirolmaydi, çunki ularning boşqa nusxasi yöq. Biroq buning salbiy tomoni ham bor: uning kalitini boşqa qurilmaga ötkazib bölmaydi. Şifrlaş kaliti messenjer yuklangan smartfon bilan uzviy boğliq.