Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pikassoning nabirasi ofshor mojarosiga aloqadorligi aytildi
Ispaniyalik rassom Pablo Pikassoning nabirasi Marina Ruis Pikasso, shuningdek, noyob suratlar va boshqa san'at yodgorliklarini kolleksiya qilib to‘plovchi mashhur oila vakillari Tissen-Bornemisa va Nahmad nomlari "Panama hujjatlari"da tilga olingan.
OAV xabariga ko‘ra, ularning ofshor kompaniyalar bilan bog‘liqligi bor. Ya'ni mashhurlarning nabiralari aynan o‘sha “shubhali” kompaniyalar orqali san'at namunalari oldi-sotdisi bilan shug‘ullangan.
Tissen-Bornemis oilasining kolleksiyasi Madridda ahamiyati bo‘yicha uchinchi o‘rinda turadigan muzeyning asosini tashkil etadi. Oila advokati a'zolarning haqiqatdan ham ofshor zonada qayd etilgan kompaniyalar bilan aloqasi borligini tan oldi, biroq u Ispaniya soliq xizmati bu haqda to‘liq xabardor ekanini ma'lum qildi.
Mashhur kolleksioner Nahmad oilasi oila a'zolaridan biri Gigel Nahmad Nyu-Yorkdagi Helly Nahmad nomli tasviriy san'at galereyasining egasi hisoblanadi. Oila Swinton International ofshor kompaniyasi yordamida Pikassoning 5ta surati sotgan.