Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoyada sevgilisining qo‘lini so‘ragan amerikalik kishini vertolyot qutqarishiga to‘g‘ri keldi
Fox News nashrining ma'lum qilishicha, Kaliforniyadagi Morro cho‘qqisida sevimli yorining qo‘lini so‘ragan amerikalik kishini vertolyot qutqarishiga to‘g‘ri keldi.
27 yoshli Maykl Jon Pol Benks mahalliy qonunchilikka qaramasdan qoyaga chiqib oldi. Bu payshanba kuni taxminan quyosh chiqishidan 15 daqiqa oldin sodir bo‘lgan. Benks dugonasidan unga turmushga chiqishni so‘ragan (bu vaqt ular Facetime videoxabar xizmati orqali aloqada bo‘lganlar). Sevimli yori unga "ha" deb javob berdi.
Yong‘in xizmati xodimi Todd Geylining xabar qilishicha, qaytishda Benks boshqa yo‘ldan tushmoqchi bo‘lgan va natijada qoyaning uchiga kelib qolgan. "Uning oyoqlari 80 fut (24,4 m) balandlikda osilib turardi", deb qo‘shib qo‘ydi Geyli.
Voqea sodir bo‘lgan joyga vertolyot yetib keldi va Geyli Benksga pastga tushishga yordam berdi.