11:47 / 08.04.2016
1497

Rossiyalik harbiylar Tojikistonda jangarilar hujumini qaytarish bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazishdi

Rossiyaning Tojikiston hududiga joylashtirilgan motoo‘qchilardan iborat 201 raqamli harbiy bazasida taktik mashg‘ulotlar o‘tkazildi. "Interfaks" xabariga ko‘ra, mashg‘ulotlar tog‘li hududlarda shartli terrorchilarni yo‘q qilish amaliyoti ko‘rinishida o‘tkazilgan.

"Mashg‘ulot jarayonida batalonning bir bo‘limi tog‘li hududda jangarilar qiyofasida o‘q-dori omborini qo‘lga kiritishga urinadi. Ularning harakati "Granat" nomli dron vositasida payqab qolinadi", deyiladi mudofaa vazirligi xabarida.

Shundan so‘ng, motoo‘qchilar bo‘linmasi minomyotlar, BMP va T-72 tanklaridan "dushman" joylashgan nuqtalarga zarbalar berishgan.

Top