20:20 / 08.04.2016
1769

TIVda Pokiston elchisi bilan uchrashuvda o‘zaro kelishuvlarning amaliyoti muhokama etildi

2016 yilning 8 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Pokiston Islom Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Riaz Hussayn Buxari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va rivojlantirish istiqbolari muhokama qilindi.

Suhbat chog‘ida 2015 yil noyabr oyida Pokiston Islom Respublikasi bosh vaziri Muhammad Navoz Sharifning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi va oliy darajadagi muzokaralar doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtai nazaridan bo‘lajak qo‘shma tadbirlar amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.

Top