Jamiyat | 09:34 / 08.04.2016
2220
1 daqiqa o‘qiladi

Turkmanistonda davlat xizmatchilari ommaviy ravishda ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazishmoqda

Turkmanistondagi davlat muassasalarida mamlakkat prezidenti Gurbanguli Berdimuxammedov tashabbusi bilan "Sog‘liq va baxt" shiori ostida jismoniya tarbiya va sport oyligi o‘tkazilmoqda.

Altyn Asyr telekanali 7 aprel kuni bu oylikning joylardagi ijrosini namoyish etdi. Videotasvir "Nastoyashcheye vremya"ning feysbukdagi sahifasiga joylashtirilgan.

Videoda davlat xizmatchilari tashkilot binolari hovlisida ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlarini bajarishayotganini ko‘rish mumkin.

turkmenistan.ru internet nashrining yozishicha, bu oylik 5 aprelt kuni boshlangan. Uning doirasida "Turkmaniston - sog‘lom va yuqori ruhiyatga ega mamlakat" nomli spartakiadaning final bosqichi o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, bu kunlar davomida sog‘lom hayot tarzini targ‘ib etadigan tadbirlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazilishi belgilangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish