Sport | 17:55 / 09.04.2016
1100
1 daqiqa o‘qiladi

“MYu” Chempionlar Ligasiga chiqa olmasa, van Gal tovon pulisiz ishdan bo‘shatiladi

“Manchester Yunayted” jamoasi bosh murabbiyi Lui van Gal agar klubni Angliya premer-ligasining kuchli to‘rtligiga olib kira olmasa, o‘z ishidan ayriladi va unga hech qanday tovon puli to‘lanmaydi. 

“Manchester Siti” va “Everton” ustidan qozonilgan g‘alabalar jamoani beshinchi o‘rin bilan ta'minladi. “MYu” 10 aprelda “Tottenxem” ustidan g‘alaba qozonsa, premer-ligada to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilib oladi. Superagent Jorj Mendeshning ma'lum qilishicha, agar jamoa bu o‘ringa ko‘tarila olmasa yoki o‘rnini saqlab tura olmasa, bosh murabbiy bilan tuzilgan shartnoma muddatidan oldin bekor qilinadi va van Gal hech qanday tovon pulisiz ishdan bo‘shatiladi. 

Bu holatda jamoaga Maurinoning kelish ehtimoli ortadi, deydi agent.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish