12:22 / 09.04.2016
1925

Istanbulda turar joy binosi bir necha soniya ichida qulab tushdi

Istanbul markazida, Taqsim maydoni yaqinida 5 qavatli turar joy binosi qulab tushdi.

Bino bir necha soniya ichida yer bilan bitta bo‘ldi. O‘nlab odamlar bu holatning guvohi bo‘lishdi va baxtli tasodifgina ularga hech narsa qilmadi. Ta'kidlanishicha, qulagan uy ichida odamlar bo‘lmagan. Voqea joyiga qutqaruv brigadalari yetib kelgan.

Ta'kidlanishicha, oxirgi vaqtda Istanbulda eski imoratlar qulashi kuzatilmoqda. Ikki oy avval ham shunga o‘xshash voqea sayyohlar orasida mashhur bo‘lgan ko‘chalardan birida sodir bo‘lgan. Ayni vaqtda voqea sabablari aniqlashtirilmoqda.

 

Top