Jahon | 12:12 / 09.04.2016
2133
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya qiroli tarixda birinchi marta kopt cherkovi rahbari bilan uchrashdi

Misrda ayni vaqtda safar bilan qolayotgan Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz Al-Saud 8 aprelda kopt cherkovi (Misrning nasroniy cherkovi) rahbari, patriarx Tavadros II bilan uchrashdi. Tarixda birinchi marta kopt papasi va Saudiya qiroli o‘rtasida yuz bergan uchrashuv qirolning Misr poytaxti Qohiradagi muvaqqat qarorgohida bo‘lib o‘tdi.

Qirol Misrga safari davomida, shuningdek, dunyodagi eng yirik islom universiteti Al-Azxar imomi Ahmad at-Toyib bilan uchrashdi. Misr OAVi xabar berishicha, uchrashuv chog‘ida gap "o‘rtamiyona islom ta'limini targ‘ib qilish, ekstremizm va terrorchilikka qarshi kurash uchun hamkorlik va birgalikdagi sa'y-harakatlarni muvofiqlashtirish, mintaqa va butun dunyoda tinchlik asoslarini tatbiq qilish zarurligi" haqida ketdi. Ta'kidlanishicha, qirol "Al-Azxar universitetining ekstremistik mafkuraga qarshi kurashdagi o‘rnini yuqori baholadi".