20:18 / 09.04.2016
1377

Sergey Lavrov jurnalistlarning e'tiborsizligi borasida hazil qildi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya tashqi va mudofaa siyosati kengashi assambleyasining ochilishidagi nutqida e'tiborsiz jurnalistlar borasida hazil qildi. Lavrov o‘z nutqini yakunlagandan keyin, jurnalistlarga zalni tark  etishni taklif qildi.

“Endi men hamkasblarimsiz va OAVdagi do‘stlarimizsiz gaplashishni istardim”, deb aytdi Lavrov kirish nutqi davomida.

Biroq Lavrovning bu gaplari muxbir va operatorlar tomonidan e'tiborsiz qoldirildi.

“Mana ko‘rdingizmi, ular hattoki buni eshitmadilar ham. Agar eshitganlarida, allaqachon narsalarini yig‘ishtirayotgan bo‘lardilar”, deb kulib izoh berdi ushbu holatga Lavrov.

Har yili an'anaviy ravishda Rossiya tashqi va mudofaa siyosati kengashi ekspertlari, siyosatshunoslar va xalqaro jurnalistlar bilan “galstuksiz” uchrashuv o‘tkaziladi. Joriy yildagi anjumanda muhokama qilinadigan mavzular orasida Rossiya tashqi siyosatining yangi konsepsiyasi ham bor.

Top