Sony kompaniyasi yangi Action Cam kamerasi imkoniyatlarini antiqa usulda namoyish etdi
Sony kompaniyasi o‘zining yangi Action Cam kamerasining imkoniyatlarini itlar va toshbaqalar ishtirokidagi noodatiy videotasma yordamida namoyish etdi. Gap murakkab sharoitlarda ham aniq tasvir yetkazib beruvchi SteadyShot texnologiyasi haqida bormoqda.
Raqamli texnologiyalar davrida action-kameralar hattoki ekstremal sharoitlarga qaramay hayotining yorqin lahzalarini tasvirga tushirishni istovchi odamlar uchun haqiqiy yordamchiga aylandilar. Yangi Sony Action Cam kamerasidan nafaqat butun dunyo ekstremallari, alpinistlari, balki har qanday sharoitda sifatli tasvirga olishni xohlagan oddiy odamlar ham foydalanadilar. Action Cam zarbbardosh, suv va chang o‘tkazmaydi, bu albatta qurilmani tanlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Kameraga Wi-Fi modul o‘rnatilganligini ham alohida ta'kidlash joiz. Uning yordamida qurilmani smartfon yoki planshetga ulash mumkin. Videotasmaga olish vaqtidagi tovushning sifatidani xavotir olmasangiz ham bo‘ladi. Kamera yangi avlodning maxsus mikrofoni bilan ta'mirlangan.
Action Cam yana bir ajoyib jihatga ega bo‘lib, bu funksiya SteadyShot deb nomlanadi. Ushbu texnologiya foydalanuvchilarni nafaqat yuqori sifatli video bilan, balki sodir bo‘layotgan voqealarni sekinlashtirilgan holda tasvirga olish imkonini berishi bilan ham xursand qiladi. SteadyShot funksiyasining videosini ko‘rib, uning hatto harakatlanayotgan paytdagi tasvirida shaffof aniqlikka ega ekanligiga guvoh bo‘lasiz. Toshbaqa va it ishtirokidagi videotasmani tomosha qilib, yangi Sony Action texnologiyasining imkoniyatlariga xolis baho berishingiz mumkin.
Videoni suratga olish jarayonida hech bir jonivorga ziyon yetmaganligi rasmiy tasdiqlangan.