Sport | 17:22 / 09.04.2016
1260
1 daqiqa o‘qiladi

Suares Evra bilan yuz bergan irqiy mojarosini xotirladi

Urugvaylik futbolchining fikricha, fransuz futbolchisi jamoadoshlari tufayli Suares ustidan arz qilgan.

"Barselona" hujumchisi Luis Suares Monte Carlo TV telekanaliga bergan intervyusida "Liverpul" jamoasida to‘p surgan vaqtidagi noxush voqeaga izoh berib o‘tdi.

2011 yili, "Liverpul" ning "Manchester Yunayted" bilan o‘yinidan so‘ng, mankunianlar safida to‘p surgan Patris Evra, Suares uni irqiy so‘zlar bilan haqorat qilganini aytgach, Suares sakkizta o‘yindan chetlatilgan edi.

Suaresning fikricha, "Yunayted" o‘yinchilari kiyim almashtirish xonasida Luisni muhokama qilishgan va Evraga aql o‘rgatishgan. Evra esa, ularning maslahatiga quloq tutgan.

"Barselona" hujumchisi Evrani haqiqatdan "qoravoy" (nigger) deganini tan olar ekan, aslida do‘stlarini shunday atashini ta'kidlagan. Uning aytishicha, u hech qachon ushbu so‘zni masxara yoki haqorat ma'nosida qo‘llamagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish